O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ertaga respublikamizning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik ehtimoli past. Havo harorati kechasi 0-5 darada iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni mamlakatimiz hududiga Volga bo‘yidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqdan oshmaydi.
Payshanba kuni kunning birinchi yarmida respublikaning faqat markaziy va sharqiy hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi, 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, shimoliy hududlarda kechasi 8-13 daraja gacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqdan oshmaydi, kunduzi 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Hafta davomida respublika bo‘ylab tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. 21-22 yanvar kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda: Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 10-12 daraja gacha iliq bo‘ladi.
Ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi kutilmoqda, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Payshanba kuni kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-6 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq bo‘ladi.