AsosiyDunyo

Hindistonlik 120 yoshli rohib dunyoning eng keksa kishisi bo`lishga da`vogarlik qilmoqda(Video)

Hindistonlik rohib Svami Shinavanda 120 yoshni qarshi oldi. Varanasi shahrida yashovchi keksa kishining so`zlariga ko`ra, u sog`lom ovqatlanish va yoga bilan shug`ullanish orqali uzoq umr ko`rishga erishgan. Shinavanda nochor oilada tug`ilib o`sgan. U hozir ham erda yotadi, yostiq o`rniga esa toshdan foydalanadi.

Shinavandaning pasportida tug`ilgan yili 1896 yil 8 avgust deb ko`rsatilgan. Ayni paytda Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bu ma`lumotlarni o`rganib chiqmoqda. Agar ma`lumotlar tasdiqlansa, Shinavanda sayyoraning eng keksa kishisi bo`ladi.

Rohib o`z yoshiga nisbatan ancha yosh va tetik ko`rinadi.

Boshqa yangiliklar