1

Rayhonning suratlarida turmush o`rtog`i Farhod Alimov tobora ko`proq ko`rina boshladi(Foto)

Shou-biznes 10.12.2016, 13:50
Teglar: Rayhon G`anieva, Foto, To`y
Rayhonning suratlarida turmush o`rtog`i Farhod Alimov tobora ko`proq ko`rina boshladi(Foto)

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va boshlovchi Farhod Alimovlarning turmush qurishi o`tgan oyning eng shov-shuvli xabari bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Dastlab, ularning turmush qurishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Farhod va Rayhon bu xabarlarni bir muddat tasdiqlashdan bosh tortdi hamda munosabatlarini ommadan yashirishga urindi. 

Biroq, 2016 yil 5 noyabr kuni Rayhon va Farhod Alimovlarning turmush qurgani ma`lum bo`ldi. Keyinroq, ular asal oyini o`tkazish uchun Dubayga jo`nab ketdi.

Rayhonning ko`p sonli muxlislari undan turmush o`rtog`i Farhod Alimov bilan birga tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirishni so`ramoqda. Biroq shu vaqtga qadar na Farhod Alimov va na Rayhon birgalikda tushgan to`liq suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirmagan. 

Rayhon turmush o`rtog`i bilan tushgan suratlarini bosqichma-bosqich e`lon qilayotgandek taassurot uyg`otmoqda. Sababi, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida turmush o`rtog`i bilan tushgan suratlarida dastlab Farhod Alimovning yarmi ko`ringan bo`lsa, keyinroq e`lon qilayotgan suratlarda Farhod Alimovning tobora ko`proq ko`rina boshlaganini payqash mumkin.

Ayni paytda Rayhon va Farhod Alimov Hindiston safarida. Ushbu afsonaviy mamlakatda Rayhonning yangi "Namaste" qo`shig`iga klip suratga olinmoqda.







Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1