AsosiyDunyo

Rossiya Mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

Andrey Belousov Toshkentga tashrifi davomida harbiy-siyosiy rahbariyat bilan muzokaralar o‘tkazadi.

'Rossiya Mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi'ning rasmi

Kecha, 21 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Belausov Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov, shuningdek, mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

"Andrey Belousov Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qiladi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar