Bangkokda kuchli havo ifloslanishi tufayli shahar hokimiyati buyrug‘iga binoan 31 tumandagi 352 ta maktab yopildi. bu haqida zamon.uz xabar berdi.
Bundan bir kun oldin ham shahar bo‘ylab 250 dan ortiq maktablar faoliyati to‘xtatilgan edi. Bangkokdagi jami maktablar soni 437 tani tashkil etadi.
Shahar 50 tumanining 48 tasida sog‘lik uchun xavfli darajadagi qizil ogohlantirish e’lon qilindi. Aholiga shaxsiy transportdan foydalanmaslik va imkon qadar masofadan ishlash tavsiya qilinmoqda.
Havo ifloslanishi Taylandda mavsumiy hodisa bo‘lib, sovuq va turg‘un qishki havo o‘rim-yig‘im qoldiqlarini yoqishdan chiqqan tutun va avtomobil gazlari bilan aralashganda yuzaga keladi deyiladi
Shveytsariyaning IQAir tadqiqot kompaniyasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Bangkok dunyoda havo ifloslanishi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi.