AsosiySalomatlik

Dori-darmonsiz bosh og`rig`ini engamiz!

  • Kutilmaganda boshingiz og`rib qolsa, xona haroratigacha ilitilgan 1 stakan suv iching. Organizmdagi suvsizlanish tufayli bosh sohasida og`riq qo`zg`alishi mumkin.
  • Kofein ham bosh og`rig`ida asqatadi. Ammo qon bosimi yuqori bo`lganlar uchun bir finjon qahva kifoya.
  • Uzum, olxo`ri yoki klyukva tarkibida yallig`lanishga qarshi birikmalar hamda antioksidantlar bor. Og`riq kuzatilganida bir shingil uzum, bir hovuch olxo`ri yoki klyukva mevasidan eyish, huddi og`riqsizlantiruvchi preparat qabul qilishdek ta`sir qiladi.
  • Ba`zan boshdagi og`riq qonda qand miqdorining kamayib ketgani sababli ham yuz berishi mumkin. Bunda sizga bir o`ram achchiq shokolad yoki bir likopcha suli yormasidan tayyorlangan egulik yordam beradi.
  • V 12 vitaminiga boy bo`lgan ko`katlar toliqish asoratida kelib chiqadigan bosh og`rig`iga davo sanaladi. Barra ko`katlardan salat tayyorlab, kunora iste`mol qilsangiz bosh og`rig`i bezovta qilmaydi.
  • Bodring va tarvuz o`zida suyuqlik miqdorini mujassam etgan poliz ekinlari hisoblanadi. Og`riq yuzaga kelganida ikkita bodring yoki bir tilim tarvuz ayni muddao.
  • Keskin bosh og`rig`ida nam sochiqni ensa sohasiga qo`yib, 8-9 daqiqa ushlab turish foyda berishi mumkin. Muolajadan so`ng bo`yinning bosh bilan tutashgan qismini engil uqalash lozim. 

Boshqa yangiliklar