AsosiyDunyo

Lukashenko: Rossiya va Belarusning birlashishi hech qachon muhokama qilinmagan

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki davlatni birlashtirish masalasini hech qachon muhokama qilmaganini ma’lum qildi.

'Lukashenko: Rossiya va Belarusning birlashishi hech qachon muhokama qilinmagan'ning rasmi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki davlatni birlashtirish masalasini hech qachon muhokama qilmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk va Moskva "sayyoramizda  mavjud bo‘lmagan noyob ittifoqni" yaratgan.

"Oramizda bir davlatga birlashish yoki bir-birimizni qo‘shib olish haqida hech qanday suhbat bo‘lmagan"— dedi Lukashenko mamlakat prezidentligiga saylovlarda ovoz berishdan keyingi matbuot anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Belarus kelgusida qanday hamkorlik qilish va birga mavjud bo‘lish masalalarini muhokama qilmoqda. Lukashenko ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda hamma narsa oson kechmayotganini, ammo muammolarni yengib, oldinga siljishni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, u Moskva va Minsk sobiq sovet respublikalari havas qiladigan ittifoqni qurishini va’da qildi.

Belarusda prezident saylovlari oldidan Rossiya va Belarus tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Maksim Rijenkov telefon orqali suhbatlashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan va barcha masalalar bo‘yicha ishchi aloqalarni saqlab qolishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 86%dan ortiq ovoz to‘pladi.  

                         
     Abdulloh Sayyid   

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yahudiylar davlati falastinliklarga yordam berayotgan BMT tuzilmasi UNRWA'ni yopishni buyurdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:33

    Yahudiylar davlati falastinliklarga yordam berayotgan BMT tuzilmasi UNRWA'ni yopishni buyurdi

    Shuningdek, ular tashkilot vakillari bilan aloqalarni uzishni va uning faoliyatini Isroil hududida taqiqlashni e’lon qildi.

    'AQSHda yo‘lovchi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib, qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:35

    AQSHda yo‘lovchi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib, qulab tushdi

    Samolyot bortida 64 nafar odam bo‘lgan, qidiruv ishlari olib borilmoqda

    'Ahmad ash-Sharaa Suriyaning yangi prezidenti bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:36

    Ahmad ash-Sharaa Suriyaning yangi prezidenti bo‘ldi

    Muvaqqat hukumat amaldagi konstitutsiyani bekor qildi, armiyani va xavfsizlik xizmatlarini tarqatib yubordi.

    'NATO: Rossiya Evropa qurol sanoati yetakchisini o‘ldirishga uringan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:31

    NATO: Rossiya Evropa qurol sanoati yetakchisini o‘ldirishga uringan

    Cuiqasd Rossiyaning Yevropadagi mudofaa sanoati rahbarlarini o‘ldirish rejalarining bir qismi bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 29.01.2025 17:04

    'Putin : Ukrainaga pul va o‘q-dori berilmasa, urush bir yarim-ikki oy ichida tugaydi'ning rasmi

    Dunyo 29.01.2025 16:17

    Putin : Ukrainaga pul va o‘q-dori berilmasa, urush bir yarim-ikki oy ichida tugaydi

    Rossiya rahbari Ukraina suvereniteti bugungi kunda deyarli nolga teng ekanini ta’kidladi.