AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida 2024 yilda yo‘lovchilar oqimini 57 foizga oshdi

2024 yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchini tashidi, 2023 yilgiga qaraganda 98,3 million kishiga ko‘p.

'Toshkent metrosida 2024 yilda yo‘lovchilar oqimini 57 foizga oshdi'ning rasmi

2024 yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchi tashidi. Bu 2023 yilda tashilgan 172 million yo‘lovchiga nisbatan 98,3 million yoki 57,2 foiz ko‘p ekanini prezidenti huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taqqoslash uchun, 2022 yilda metrodagi yo‘lovchilar soni 136,7 million, 2021 yilda 101,8 million, pandemiya yili bo‘lgan 2020 yilda esa 38,8 million kishini tashkil etgan.

16 dekabrda poytaxt metrosi birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgandi. 

    Boshqa yangiliklar