AsosiyJAMIYAT

Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi yakunlandi

Davlat tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili hamda Bosh vazir Iraklij Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazdi.

'Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi yakunlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlandi. Tbilisi shahridagi Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qo‘ydi.

Davlat tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili hamda Bosh vazir Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-transit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Tashrif doirasida Tbilisidagi Orbeliani saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Gruziyaning oliy davlat mukofoti — «Oltin mo‘yna» ordeni tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Tbilisi shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Davlat tashrifi yakunlanganidan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar