AsosiyJamiyat

Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi

Fuqarolar metan narxi qo‘shni tumanlarga nisbatan qimmatligi va keskin oshganidan shikoyat qilgan.

'Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi'ning rasmi

Samarqand viloyatida metan zapravkalarining 11 tasi narxlarni sun'iy oshirgani uchun jarimaga tortildi.

Ma'lum qilinishicha, Raqobat qo'mitasi Payariq tumanidagi AGNKSlarda narxlar asossiz oshirilgani bo'yicha murojaatni ko'rib chiqqan. Fuqarolar metan narxi qo'shni tumanlarga nisbatan qimmatligi va keskin oshganidan shikoyat qilgan.

Tekshiruvlar davomida 12 ta zapravkaning 11 tasi 5 yanvardan boshlab gaz narxini har kub metr uchun 300 so'mga oshirgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida ushbu shoxobchalar 8 ta korxonaga tegishli ekani ma'lum bo'ldi. Ular orasida "Temur-Bek", "Sadaf Agro Servis", "Raqobat Eko Gaz Servis", "Jahongir Prestij", "Amirxon Gaz Servis" kabi kompaniyalar bor.

Mazkur holat bo'yicha 8 ta korxonaga nisbatan ish qo'zg'atilib, ularga jarima qo'llanilgan. Shuningdek, qonunbuzarliklarni bartaraf etish va bunday holatlarni takrorlamaslik bo'yicha ko'rsatma berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi

    Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Navoiyda YTH ortidan 16 yoshli yigit vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:43

    Navoiyda YTH ortidan 16 yoshli yigit vafot etdi

    Hodisa Karmana tumanida sodir bo‘lgan.

    '"Qoplonbek" postida janjal bo'ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:01

    "Qoplonbek" postida janjal bo'ldi

    Yuk tashuvchi 10 sutkaga qamaldi.

    'Namanganda bank bosh yuriskonsulti pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:57

    Namanganda bank bosh yuriskonsulti pora bilan ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'O‘zbekistonda 3 oyda 62 kishi ish joyida halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2026 11:45

    O‘zbekistonda 3 oyda 62 kishi ish joyida halok bo‘ldi

    Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

    'Aholiga 10 sotixdan 250 mln so‘m daromad olish o‘rgatilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2026 11:37

    Aholiga 10 sotixdan 250 mln so‘m daromad olish o‘rgatilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida "Quva Agrostar" korxonasi faoliyati bilan tanishdi.