Namangan viloyatidagi banklardan birining bosh yuriskonsulti xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy daromad ortirishga uringani fosh etildi. U 2021 yilda 16,2 mlrd so‘m kredit olgan, biroq qarzdan o‘z vaqtida qaytara olmagan xususiy klinika mulklarini auktsion savdolariga chiqarishni 5–6 oyga kechiktirib turish hamda keyinchalik ularni qaytarib berish masalasini hal qilish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.






