AsosiyDunyo

KXDR AQSH va Janubiy Koreyaga qarshi qattiq javob choralarini va’da qildi

Pxenyan AQSHni Korey yarim orolida harbiy ustunlikka erishish uchun harakat qilayotganlikda aybladi.

'KXDR AQSH va Janubiy Koreyaga qarshi qattiq javob choralarini va’da qildi'ning rasmi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Tashqi ishlar vazirligi AQSH va Janubiy Koreya tomonidan qo‘yilgan “harbiy provokatsiyalar”ga javoban qattiq choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

KXDR Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, "AQSH KXDR suvereniteti va xavfsizlik manfaatlarini inkor etayotgan ekan, ularga qarshi faqatgina qat’iy choralar ko‘riladi. KXDR AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiy ittifoq tufayli kuchlar muvozanati buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularga qarshi kuchli javob choralari qo‘llaydi". Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, AQSH va Janubiy Koreya 21–24 yanvar kunlari qo‘shma aviatsiya mashg‘ulotlari o‘tkazgan.

Shuningdek, 14–16 yanvar kunlari o‘qotish bo‘yicha birgalikdagi mashg‘ulotlar uyushtirgan. 22 yanvar kuni esa AQSH Janubiy Koreyaga qurol yetkazib berish borasidagi kelishuvlar haqida ma’lum qilgan.

KXDRning ta’kidlashicha, Vashington va Seulning bu harakatlari harbiy ittifoqni mustahkamlash orqali mintaqadagi vaziyatni yomonlashtirmoqda. Shu bilan birga, Pxenyan AQSHni Korey yarim orolida harbiy ustunlikka erishish uchun harakat qilayotganlikda aybladi.

Avvalroq KXDR suv osti kemalari uchun mo‘ljallangan strategik boshqariladigan raketa sinovlarini o‘tkazgan edi. Mamlakat raketasozlik idorasi ushbu sinovlarni mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash va strategik raqiblariga qarshi turish uchun amalga oshirilganligini ma’lum qildi.

Mintaqadagi keskinlik oshib borayotgan bir paytda KXDRning bu bayonoti xalqaro jamoatchilik diqqatini yanada kuchaytirmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shvetsiyada kuchli bo‘ron oqibatida odamlar halok bo‘lmoqda.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:29

    Shvetsiyada kuchli bo‘ron oqibatida odamlar halok bo‘lmoqda.

    Kuchli bo‘ron avtomobil’ va temir yo‘l transportiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Elektrda uzilishlar kuzatilmoqda.

    'Jonli efirda prezidentni haqorat qilgan shaxs 4 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:32

    Jonli efirda prezidentni haqorat qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

    Amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro Ozarbayjonda qo‘lga olindi.

    'Kanada Ukrainaga 2,5 mlrd dollar yordam ajratadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:41

    Kanada Ukrainaga 2,5 mlrd dollar yordam ajratadi

    Kanada bosh vaziri bu mablag‘lar tiklanish jarayonini boshlashga yordam berishini aytgan

    ''ning rasmi

    Dunyo 27.12.2025 17:35

    'Saudiya Arabistonida Rojdestvo bayramini nishonlashga ruxsat berildi'ning rasmi

    Dunyo 27.12.2025 11:42

    Saudiya Arabistonida Rojdestvo bayramini nishonlashga ruxsat berildi

    Shuningdek, endi Saudiya Arabistonida xristian va yahudiy bayramlarini nishonlashga ruxsat berildi.

    'Ҳибсхонада 4,5 йил ўтирдим, шикоят қилмадим — Садир Жапаров'ning rasmi

    Dunyo 27.12.2025 10:34

    Ҳибсхонада 4,5 йил ўтирдим, шикоят қилмадим — Садир Жапаров

    Қирғизистон президенти терговгача ҳибсда сақлаш шароитлари ҳақидаги шикоятга жавобан терговгача ҳибсхона "курорт эмас" эканлигини айтди ва ўзининг ҳибсга олинганини эслади.