AsosiyDunyo

Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar aprel’-may oylarida o‘tazilishi mumkin

Trampning Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan bayonoti xalqaro hamjamiyatda tinchlik muzokaralari bo‘yicha umidlarni kuchaytirdi.

'Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar aprel’-may oylarida o‘tazilishi mumkin'ning rasmi

Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar aprel’-may oylarida o‘tazilishi mumkin. 

2025 yil 27 yanvar kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan bayonoti xalqaro hamjamiyatda tinchlik muzokaralari bo‘yicha umidlarni kuchaytirdi. Tramp o‘z nutqida: "Hoziroq kelishuvga erishing va bu bema’ni urushni to‘xtating", — dedi. Turkiyaning Hurriyet gazetasi shu haqda yozmoqda.

2022 yil 24 fevralda boshlangan Ukraina urushi davomida bu kabi kuchli tinchlikka chaqiriqlar kamdan-kam yangragan. Tramp, agar u prezident bo‘lganida, bu urush hech qachon boshlanmas edi, deb ta’kidladi. Uning saylovoldi kampaniyasi ham aynan shu nuqtayi nazarga asoslangan bo‘lib, u prezidentlikka saylansa, Ukraina urushi boshlanmas edi, degan fikrni ilgari surgan. Qizig‘i shundaki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlab, "2020 yilda Trampning g‘alabasi tortib olinmaganida, Ukrainada inqiroz bo‘lmas edi", — dedi.

Hozirda Ukraina urushida tinchlikka erishish vaqti kelgan ko‘rinadi. Tramp va Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘ladimi yoki Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlanadimi, bu savollar hozircha ochiq qolmoqda. Shu bilan birga, ayrim tahlilchilar Putinning Ukrainadagi mojaroni 2025 yilgacha saqlab turish niyati borligini ta’kidlamoqda, chunki AQSHning yordamisiz Ukraina bu urushni davom ettirishi qiyin. Putin buni anglab, "Bu urushni yana 2-3 yil davom ettiraman", — deyapti.

Hozirda xalqaro hamjamiyat Trampning bayonotidan so‘ng Ukrainada tinchlik muzokaralari uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga umid qilmoqda.

Nashrning yozishicha, Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari shu yilning aprel-may oylarida o‘tkazilishi mumkin. Ular oldidan AQSH va Rossiya prezidentlari Tramp va Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.  “Birinchidan, sulh e’lon qilinadi. Keyin tinchlik muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar jarayonida Turkiya ma’lum bir missiyani o‘z zimmasiga olishi mumkin va Prezident Erdo‘g‘an vositachi rolini o‘z zimmasiga olishi mumkin, chunki u Putin va Zelenskiy bilan muloqot qila oladigan yagona liderdir. Endi ular safiga Tramp qo‘shildi”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, hozir Tramp va Putin tinchlikni istamoqda, Amerika qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotgan Zelenskiyning “muzokaralar stolidan qochish imkoniyati yo‘q”.

                                     Abdulloh Sayyid 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30