AsosiyDunyo

HAMAS bu haftada yana olti asirni ozod qiladi

Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili xabar berdi.

'HAMAS bu haftada yana olti asirni ozod qiladi'ning rasmi

HAMAS harakati 31 yanvarga qadar uchta isroillik garovga olingan shaxsni, shu jumladan askar Arbel Yexudni ozod qiladi. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Majid al-Ansari xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir nechta asir 1 fevral kuni ozod qilinadi.

"HAMAS harakati va vositachilar o‘rtasida olib borilayotgan davomli sa’y-harakatlar natijasida Arbel Yexud va yana ikki asirni 31 yanvarga qadar ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi», — deb yozdi Qatarning tashqi ishlar vazirligi vakili ijtimoiy tarmoqda. Shuningdek, HAMAS bilan olib borilgan kelishuvlar doirasida Isroil sektor G‘azo aholisiga “Netrazim yo‘lagi” orqali sektorning shimoliy qismiga qaytishiga ruxsat beradi, deb qo‘shimcha qildi u.

Arbel Yexudning 25 yanvar kuni ozod qilinishi kutilgan edi, ammo uning o‘rniga HAMAS to‘rt askar qizni ozod qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning devonxonasi bildirishicha, Isroil Arbel Yexud xonim ozod qilinmasdan turib, tinch aholining shimoliy sektorga qaytishiga ruxsat bermaydi.

Isroil va HAMAS orasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv 19 yanvardan kuchga kirgan. Shu kuni HAMAS uch asirni ozod qildi va Isroil armiyasi G‘azo hududidan qo‘shinlarini olib chiqarishni boshladi. Isroil va HAMAS orasidagi garovdagi shaxslarni va qamoqdagi mahbuslarni almashish bo‘yicha amaliyotning ikkinchi raundi 26 yanvarda amalga oshirildi. Shu kuni HAMAS to‘rt askarni ozod qildi va Isroil qamoqxonalaridan 200 falastinlik ozodlikka chiqarildi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar