AsosiyDunyo

Putin : Ukrainaga pul va o‘q-dori berilmasa, urush bir yarim-ikki oy ichida tugaydi

Rossiya rahbari Ukraina suvereniteti bugungi kunda deyarli nolga teng ekanini ta’kidladi.

'Putin : Ukrainaga pul va o‘q-dori berilmasa, urush bir yarim-ikki oy ichida tugaydi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, "Agar homiylik mablag‘lari va o‘q-dorilar tugasa, “maxsus operatsiya” (Rossiyaning Ukrainaga bosqini) bir yarim-ikki oy ichida yakunlanadi", dedi.

Rossiya rahbari shuningdek, Ukraina suvereniteti bugungi kunda deyarli nolga teng ekanini ta’kidladi.

2024 yilda Putin AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi kerak, shunda mojaro ikki-uch oy ichida yakunlanishini aytgan edi. Shuningdek, u o‘sha paytdagi AQSH prezidenti Jo Baydenga Ukraina Qurolli Kuchlarini qurol bilan ta’minlashni to‘xtatish zarurligini aytganini qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 1994 yilda Ukraina yadro qurolini Rossiyaga topshirganini "ahmoqona qaror" bo‘lgan deb atadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 1994 yilda Budapesht memorandumi doirasida Ukrainaning yadro qurolini Rossiyaga topshirishini "ahmoqona" va "mantiqsiz" qaror deb atadi. Bu haqda u italiyalik Il Foglio nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz yadro qurolini bermasligimiz kerak edi. Bu mutlaqo ahmoqona va mantiqsiz qaror bo‘lgan", — dedi Zelenskiy. Uning ta’kidlashicha, bunday qaror Ukrainaga ham, butun Yevropaga ham nisbatan noto‘g‘ri bo‘lgan.

Zelenskiy shuningdek, sobiq AQSH prezidenti Jo Baydenni tanqid qildi. Uning tanqidi 2021 yil yozda Shveysariyada Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvga qaratilgan.

Avvalroq Zelenskiy Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish masalasini muhokama qilgan edi.

"Yevropa Ittifoqining (YEI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish to‘g‘risidagi bugungi qarorini qadrlaymiz", — deb yozdi Ukraina prezidenti.

                                         Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar