Avvalroq, Buxoroda haydovchi mashinasi bilan qasddan YPX xodimini urib ketgani xabar qilingan edi.
Ayni paytda YHXBB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, xodim tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.