AsosiyDunyo

Suriya yangi hukumati Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni talab qildi

Bashar Asad Suriyani tark etgach, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uning prezidentlikdan ketganini e’lon qilgandi.

'Suriya yangi hukumati Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni talab qildi'ning rasmi

Damashq shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad ash-Shar’a Rossiyadan sobiq prezident Bashar Asadni topshirishni talab qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

28 yanvar kuni Suriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya nomidan mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov qatnashgan.

Suriyaning yangi rahbariyati Moskvadan o‘tmishdagi xatolarni tan olish va tovon to‘lashni talab qilgan. Rossiya delegatsiyasi buni rad etgan.

Muzokaralarda Rossiyaning Tartus va Xmeymimdagi harbiy bazalari taqdiri ham muhokama etilgan.

Tomonlar ziddiyatli masalalarda bir to‘xtamga kelmagan. Faqat muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishgan.

Avval xabar berganimizdek, 2024 yil 8 dekabr kuni "Hay’at tahrir ash-Shom" guruhi boshchiligidagi isyonchilar Damashqni egallab, Bashar Asadning 24 yillik hukmronligiga chek qo‘ygan edi. Buning ortidan Asad Rossiyaga qochib ketgan.

    Boshqa yangiliklar