AsosiyJamiyat

Fevralda O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda?

Bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib taradigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.

'Fevralda O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

"O‘zgidromet" markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib taradigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.

Ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 6-7 fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi. 

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Respublika hududi bo‘yicha birinchi o‘n kunlik oxirida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda har o‘n kunlikda 2-3 kundan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda 

Fevral oyida respublika hududi bo‘yicha oylik yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan ko‘p bo‘lmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Istanbulda aroqdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2025 21:14

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2025 20:15

    'Latviyada o‘zbekistonlik ishchi kuchiga kvota belgilanmaydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2025 18:42

    Latviyada o‘zbekistonlik ishchi kuchiga kvota belgilanmaydi

    O‘zbekistonlik migrantlar latviyaliklarda yaxshi taassurot qoldirmoqda. .

    'O‘zbekistonda "Tez yordamga" eng kam va ko‘p murojaat qiladigan hududlar ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2025 18:27

    O‘zbekistonda "Tez yordamga" eng kam va ko‘p murojaat qiladigan hududlar ma’lum qilindi

    2024 yil “Tez yordam” xizmatiga qancha chaqiriq kelib tushgan?

    'Prezident "Lukoyl" kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2025 18:17

    Prezident "Lukoyl" kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi

    Kompaniya tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi.

    'Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 30.01.2025 14:30

    Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

    Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi.