AsosiyJamiyat

Butun dunyo ekologiyani tozalash uchun to‘liq “yashil energetika”ga o‘tmoqda

O‘zbekistonda ham 2030 yilga kelib ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 54 foizga yetkazish rejelashtirilmoqda.

'Butun dunyo ekologiyani tozalash uchun to‘liq “yashil energetika”ga o‘tmoqda'ning rasmi

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosi ifloslanishi va boshqa dolzarb ekologik muammolar kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlarni taqozo etmoqda. Ma’lum qilinishicha, ana shunday choralardan biri qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasidan foydalanishga — «yashil energetika»ga to‘liq o‘tishdir.

Issiqxona gazlari tashlamalari kamayadi

Aholi zichligi yuqori bo‘lgan shaharlarda (masalan, Toshkentda) havoning ifloslanishi aholi salomatligigasezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Gazdan elektr energiyasiga o‘tish esa nafas yo‘llari kasalliklarini kamaytirish orqali aholi salomatligini yaxshilaydi.

Qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasi — quyosh, shamol va gidroyenergetikadan foydalanish — karbonat angidrid (CO₂) va metangazlari kamaytirishga yordam beradi. Misol uchun, quyosh panellari yoki shamol turbinalari yordamida elektr energiyasini ishlab chiqarishda, ekspluatatsiya bosqichida uglerod chiqindilari deyarli yo‘q.

Fakt!

• Tabiiy gazni yoqish paytida har bir kubometr gazuchun taxminan 2,75 kg CO₂ ajralib chiqadi. Bu jarayon, shuningdek, oz miqdorda metan chiqaradi, bu karbonat angidriddan 25-28 martakuchli issiqxona gazidir.

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panel (IPCC) ma’lumotlariga ko‘ra, qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni qisqartirish asr o‘rtalarida uglerod neytralligiga erishishning asosiy qadamlaridan biridir.

Havo sifati yaxshilanadi

Gaz qozonlari va pechlar o‘zidan NOₓ chiqaradi, bu esa yashash joylari va atrofidagi havo sifatini yomonlashtiradi. Ushbu birikmalar tutun va kislotali yomg‘irning shakllanishiga hissa qo‘shadi va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gazdan foydalanishdan voz kechish esa aholi punktlarida havo sifatini yomonlashtiradigan azot oksidi (NOₓ) kabizaharli moddalar emissiyasini kamaytiradi. Chunki elektr isitkichlar va issiqlik nasoslari NOₓ yoki boshqa zaharli birikmalar chiqarmaydi. Bu xonadonlar va shaharlarda havo sifatini yaxshilash uchun, ayniqsa, muhimdir.

Fakt!

• Ovqat pishirish jarayonida gaz plitasi soatiga taxminan 0,2-0,3 kub metr tabiiy gazni yoqadi, bu soatiga 0,4-0,6 kg CO₂ tashlamalari ajralib chiqadi degani. Elektr pech esa soatiga o‘rtacha2-3 kVt / soat energiya (qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiya) iste’mol qiladi, zararli tashlamalar esa deyarli yo‘q (soatiga 0,05 kg CO₂ dan kam).

Metan xavfi bartaraf etiladi

Tabiiy gazni qazib olish va tashish jarayonida kuchli issiqxona gazi — metan ajralib chiqadi. Metan sizib chiqishini nazorat qilish juda qiyin va uglerodning salbiy ta’sirini sezilarli darajada oshiradi. Elektr energiyasidan, ayniqsa, qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish esa bu xavfni butunlay yo‘q qiladi.

Energiya samaradorligi oshiriladi

Zamonaviy elektr jihozlari (masalan, induksionpechlar, issiqlik nasoslari) gazga qaraganda ancha tejamkor, bu esa umumiy energiya sarfini kamaytiradi.

Malumot: induksion pechlar energiya yo‘qotilishini kamaytiradi va samaradorligi taxminan 85-90% ni tashkil qiladi, gaz plitalarida esa bu raqam taxminan 60% ga teng.

Issiqlik nasoslari (havo, suv) an’anaviy gaz tizimlariga qaraganda kamroq energiya sarf qiladi. Masalan, bunday nasoslarning energiya konvertatsiya qilish samaradorligi 300-400% ga yetishi mumkin.

Atmosferaga 6,5 million tonna zararli gazlarchiqishining oldi olinadi

Yuqorida keltirib o‘tilgan omillar, umuman, butun dunyo ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish vaboshqa dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadida to‘liq «yashil energetika»ga o‘tmoqda. Xususan, O‘zbekistonda ham 2030 yilga kelib ishlab chiqarishdaqayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 54 foizga yetkazish, 19 ming MVt quvvatga ega qo‘shimcha «yashil quvvatlar»ni qurish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 3400 MVt quvvatga ega 18 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda 1800 MVtquvvatga ega energiya saqlash tizimini ishga tushirish maqsad qilingan. Mazkur chora-tadbirlar «yashil energiya» ishlab chiqarish hajmini 12 milliard kVt/soatgacha oshirishi kutilmoqda.

Bu 5 million xonadonning yillik iste’moliga teng bo‘lib, atmosferaga 6,5 million tonna zararli gazlarchiqishining oldini oladi.

Ayni paytda quyosh energetikasi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha 8 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilib, 1,3 milliard dollarlik 4,3 milliard kVt/soat (1,6 GVt) ishlab chiqarilmoqda.

 Umuman olganda, 2025 yilda mamlakatimizda 84 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan, bu 2016 yilga nisbatan 25 milliard kVt/soat yoki 1,5 barobar ko‘pdir.

«Gaz plitalaridan bosqichma-bosqich voz kechish lozim»

Amerika Qo‘shma Shtatlarida olib borilgan tadqiqotlar gaz plitalari turli kasalliklarga sabab bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2023 yilgi tadqiqotlarda AQSH xonadonlarining qariyb 40 foizida joylashgan gaz plitalari mamlakatda bolalar astma kasalliklarining 12,7 foiziga, ya’ni 650 000 nafar bolaning shu kasallikka chalinishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, gaz plitasi yoqilganda va to‘liq quvvatda ishlasa, havoga bir qancha ifloslantiruvchi moddalar chiqarishi ham qayd etilgan. 

«The Guardian» nashrining  yozishicha, gazplitalaridan chiqadigan zararli moddalar har yili 40 000 nafar yevropalikning o‘limiga sabab bo‘lmoqda, bu avtohalokatlar natijasida vafot etganlar sonidan ikkibaravar ko‘p. Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyadagi uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, gazplitasidan foydalanish inson hayotini o‘rtacha ikki yilga qisqartiradi. Shu va boshqa tadqiqotlardan kelib chiqqan holda Yevropa sog‘liqni saqlash ittifoqi barcha davlatlarni gaz pechlariga cheklov o‘rnatish va bosqichma-bosqich voz kechishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar