Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov internetda haqorat va tuhmat uchun jarimalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat Erkin-Too gazetasida e’lon qilingan.
Hujjat o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Dastlab u tuhmat va haqorat uchun jismoniy shaxslarga 100 ming som, yuridik shaxslarga esa 200 ming som jarima solishni taklif qilgandi.
Biroq uzoq muhokamalardan so‘ng jarima miqdori jismoniy shaxslar uchun 20 ming somgacha, yuridik shaxslar uchun 65 ming somgacha kamaytirildi. Bunda insternetdagi nima tuhmat yoki haqorat ekanini Madaniyat vazirligi o‘rniga huquqni muhofaza qilish organlari hal qiladi.
OAV va internetda haqorat va tuhmat uchun jarimalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. Hujjat mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda “ommaviy axborot vositalari va internet resurslari orqali tarqatilayotgan haqorat va kamsitish holatlarining ko‘payishi kuzatilmoqda”.