Prezident Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSH Kanadaga "hech qanday sababsiz" yuzlab milliard dollar subsidiyalar ajratayotgani haqida yozdi.
"Bizga ularda bor narsalarning hech biri kerak emas. Kanada AQSHning subsidiyalarisiz davlat sifatida yashab qololmaydi. Shuning uchun u Qo‘shma Shtatlarning 51-shtatiga aylanishi lozim. Kanadaliklar buning evaziga ancha past soliq stavkalari va qudratli harbiy himoyaga ega bo‘ladi, shuningdek, savdo uchun hech qanday bojlar bo‘lmaydi", — degan Tramp.
Avvalroq, Tramp Kanada, Xitoy va Meksikadan kelayotgan importga 25%lik boj joriy etish haqida farmon imzolagan edi. Kanadadan keladigan energiya resurslariga 10%, boshqa tovarlarga esa 25%lik tarif qo‘llaniladi. Bu qaror Ottavada keskin reaksiyaga sabab bo‘lgan.