AsosiyJamiyat

O‘zbekistonning qator hududlarida bugun ham qor yog‘adi

Respublika bo‘ylab sovuq harorat kuzatiladi.

'O‘zbekistonning qator hududlarida bugun ham qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ayrim joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.  Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq, shimolda va cho‘l hududlarda 3° sovuq -2  iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq -2  iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar