AsosiyJamiyat

O‘tgan yilda O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat avtoraqam qariyb 1 mlrd so‘mlik bo‘lgan

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davri yilida 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn autsionlar orqali sotilgan.

'O‘tgan yilda O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat avtoraqam qariyb 1 mlrd so‘mlik bo‘lgan'ning rasmi

Bu haqida “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn autsionlar orqali sotilgan. 

Ularning 97 foizini jismoniy shaxslar, 3 foizini yuridik shaxslar xarid qilgan. Sotilgan avtoraqamlarning eng qimmati – 965,3 mln so‘mni (01 888 BBB), eng arzoni esa – 1,7 mln so‘mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar