AsosiySalomatlik

Shveysariya olimlari qarishni sekinlashtirish usulini aniqladi

Uch yil davom etgan keng qamrovli tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 2000 nafardan ortiq sog‘lom odamlar ishtirok etgan.

'Shveysariya olimlari qarishni sekinlashtirish usulini aniqladi'ning rasmi

Shveysariya olimlari tomonidan “Nature Aging” xalqaro ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijasi keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

 Unda insonning qarish jarayonini sekinlashtirishga doir samarali usul haqida so‘z yuritiladi. 

 Qayd etilishicha, uch yil davom etgan keng qamrovli tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 2000 nafardan ortiq sog‘lom odamlar ishtirok etgan. 

Tajriba qatnashchilari ikki guruhga bo‘lingan holda, belgilangan muddatda D hamda Omega-3 vitaminlarini turli kombinatsiyalarda qabul qilib, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandi.

Eng samarali natija Omega-3 darmondorisini qabul qilgan guruhda qayd etildi: tegishli tekshiruvlardan so‘ng ularda hujayralarning qarishi sezilarli darajada sekinlashgani aniqlandi. 

O‘z navbatida, D vitamini va jismoniy mashg‘ulotlar ham ijobiy natija berishi ma’lum bo‘ldi. 

Olimlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra, Omega-3 va D vitaminlari hamda muntazam jismoniy mashqlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv insonlarda qarish tezligini 1-4 foizga sekinlashtirishi mumkin. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07