AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgda muhojirlarga kuryerlik qilishni taqiqlash taklif qilindi

Bunga ular yo‘l harakati qoidalariga amal qilishmayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

'Sankt-Peterburgda muhojirlarga kuryerlik qilishni taqiqlash taklif qilindi'ning rasmi

Rossiya davlat dumasi deputati Mixail Romanov yetkazib berish sohasida migrantlarning ishini cheklashni taklif qildi.

18-fevral, seshanba kuni Sankt-Peterburg hukumati yig‘ilishida nutq so‘zlagan millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Oleg Kapitanov Shimoliy poytaxt aholisi millatlararo munosabatlar holatiga unchalik yuqori baho bermasligini ta’kidladi. Shahar aholisining atigi 43 foizi ijobiy baho bergan. Qo‘mita 62 foizni kutgan edi.

Qo‘mita migrantlarni video kameralar yordamida kuzatishni rejalashtirgan. 2025 yilda shahar ko‘chalari sakkiz mingta kameralari millatni aniqlash tizimi bilan jihozlanishi kerak.

Yig‘ilishda Davlat Dumasi deputati Mixail Romanov Kapitanovga xorijliklar ko‘pincha yo‘l harakati qoidalarini buzayotgani va yo‘laklarda elektr velosipedni tez haydashidan shikoyat qilgan. Romanov migrantlarning yetkazib berish xizmatlarida ishlashni cheklashni taklif qilgan. 

    Boshqa yangiliklar