AsosiyJamiyat

Banklardagi omonat pulini yechishda mablag‘ning manbasi so‘ralayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

'Banklardagi omonat pulini yechishda mablag‘ning manbasi so‘ralayotgani rostmi?'ning rasmi

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda banklardagi omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechishda iste’molchidan mablag‘ning manbasi so‘ralayotganligiga doir tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Amaldagi qonunchilikka asosan jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechib olayotganda ushbu mablag‘ning kelib chiqish manbasi to‘g‘risida ma’lumot talab qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishiga doir yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari hamda boshqa manbalar orqali doimiy ravishda o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rib boradi.

Agar Sizdan banklardagi omonat hisobvarag‘ingizdagi pul mablag‘larini yechishda uning kelib chiqish manbasi to‘g‘risida ma’lumot talab qilinsa, Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga 71 212-60-94, 71 212-73-62 raqamlari orqali bog‘lanish so‘ralmoqda.

Shu bilan birga, banklar, mikromoliya va to‘lov tashkilotlari faoliyatida xizmatlar ko‘rsatilishiga oid iste’molchilarning huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaatlar yoki takliflar bo‘lsa, ularni Markaziy bankning info@cbu.uz elektron manziliga yuborish so‘raldi.

    Boshqa yangiliklar