AsosiyDunyo

Germaniya: Shols partiyasi saylovda mag‘lubiyatga uchradi

Konservativ XDI/XSI bloki Bundestag uchun saylovda 28,5% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.

'Germaniya: Shols partiyasi saylovda mag‘lubiyatga uchradi'ning rasmi

Germaniya Bundestagiga muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovlarda Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian-sotsial ittifoqi konservativ bloki 28,5 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.

“Germaniya uchun alternativ” o‘z tarixida birinchi marta 20,8% ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Amaldagi kansler Sholsning Germaniya sotsial-demokratik partiyasi 16,4% ovoz bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Bu SPD tarixidagi eng yomon natijadir.

Liberal Erkin demokratik partiya (4,3%) va so‘l-populistik Sara Vagenknext ittifoqi (4,97%) Bundestagga o‘tolmadi. Bundestagdan o‘rin olish uchun partiyalardan kamida 5% ovoz to‘plash talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar