AsosiyJamiyat

Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi.

'Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi'ning rasmi

“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan:

qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi;

qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi.

Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan va u tomonidan nazorat qilinadigan ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga ruxsatnoma berishdan oldin instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.

2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi;

mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:

➖buzilayotgan turarjoy obyektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;

➖buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish;

➖renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:27

    3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

    Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin.

    'O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi — “O‘zgidromet”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi — “O‘zgidromet”

    Hafta davomida harorat pasayib, qator hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    'O‘zbekistonda “radar” jarimasi oshirildimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    O‘zbekistonda “radar” jarimasi oshirildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

    'O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:57

    O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi

    Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, chora-tadbirlar belgilandi.

    '2025 yilda ipoteka kreditlarining dastlabki to‘lovi uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    2025 yilda ipoteka kreditlarining dastlabki to‘lovi uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi

    Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga doir Prezident qarori e’lon qilindi.

    'Qo‘ng‘irotda gaz quvuriga mashina urilishi ortidan 800 ta xonadon gazsiz qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:15

    Qo‘ng‘irotda gaz quvuriga mashina urilishi ortidan 800 ta xonadon gazsiz qoldi

    Avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.