Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inning rafiqasi unga merosxo`r hadya etganini Buyuk Britaniyaning The Daily Star nashri taxmin qilmoqda, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Jurnalistlarning bunday qarorga kelishiga prezidentning rafiqasi Li Sol Chjuning sakkiz oy mobaynida ommaga ko`rinmaganligi sabab bo`lgan. Shu davr mobaynida Shimoliy Koreya OAVlari mamlakat birinchi xonimining uzoq vaqtdan beri ko`rinmaganligiga nima sabab bo`lganligiga oydinlik kiritishga harakat qilishdi. Ba`zi bir nashrlar birinchi xonim prezidentning qahriga uchragan, degan taxminni ham ilgari surishdi.

Nashrning ma`lum qilishicha, Li Sol Chju turmush o`rtog`i bilan 2013 yil mobaynida 22 ta tadbirda birga ishtirok etgan bo`lsa, 2014 yilda 15 ta, 2015 yilda 7 ta, bu yil esa bor-yo`g`i 4 ta tadbirda hamrohlik qilgan.

Uzoq vaqt omma e`tiboridan chetda yurgan Shimoliy Koreyaning birinchi xonimi 5 dekabr kuni harbiy qiruvchi samolyotlarni namoyish qilish tadbiriga turmush o`rtog`i bilan birga tashrif buyurdi. Uning farzand ko`rganini OAVlar tasodifan eshitib qoldi. Bu haqda MBA sobiq basketbolchisi Dennis Rodman xabar berdi.





