AsosiyJamiyat

Bugun ham O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishda davom etadi

Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

'Bugun ham O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishda davom etadi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar