AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 1 martdan ov mavsumi yopiladi

Endi 15 avgustgacha yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iy taqiqlanadi.

'O‘zbekistonda 1 martdan ov mavsumi yopiladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1 martidan 15 avgustga qadar ov mavsumi yopiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi. 

Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iy taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, ov qoidalarini buzish, xususan, taqiqlangan davrda ov qilish qonunchilikka ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yurtdoshlarimizdan ov mavsumi tugagan davrda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlarini so‘raydi. 

Shuningdek, noqonuniy ov bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, vazirlikning 1157, 1207, (71) 207-11-07 va (71) 207-11-08 telefon raqamlari, ecogovuz_bot telegram boti orqali yoki tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qiling!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02