AsosiyDUNYO

Eronda hijobsiz qo‘shiq kuylagan xonanda 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi.

Eronlik huquqshunos Muin Xazaeliy esa mamlakat qonunchiligida ayollarning qoʻshiq kuylashi, musiqa ijro etishi yoki musiqiy asarlar yaratishi jinoyat sifatida belgilanmaganini qayd etgan.

'Eronda hijobsiz qo‘shiq kuylagan xonanda 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi.'ning rasmi

Eronlik xonanda Parastu Ahmadiy va uning jamoasidagi sakkiz nafar a'zo “behayo va axloqsiz kontent” yaratish hamda tarqatishda aybdor deb topilib, 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Qum provinsiyasi jinoyat ishlari bo'yicha sudi ularga nisbatan qamchilash jazosidan tashqari, ikki yil muddatga mamlakatdan chiqishni taqiqlash va bir yil davomida ijodiy faoliyat bilan shug'ullanmaslik chorasini ham qo'llagan.

Hukmga xonandaning 2024 yil dekabr oyida jonli efirda hijobsiz holda “Az Xune Javonone Vatan” (“Vatan yoshlari qonidan”) nomli qo'shiqni ijro etgani sabab bo'lgan. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, YouTube platformasida qariyb uch million marta tomosha qilingan.

Mazkur efirdan so'ng Parastu Ahmadiy va bir necha musiqachi qisqa muddatga hibsga olingan, keyinchalik ozod qilingan edi. Shundan so'ng Eron rasmiylari videoning tarqatilishi yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atgan.

AQShda joylashgan Erondagi Inson huquqlari markazi vakili Bahor Ghandihariy ushbu qaror mamlakatda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat o'zgarmaganining yana bir isboti ekanini ta'kidlagan.

Eronlik huquqshunos Moin Xazaeliy esa mamlakat qonunchiligida ayollarning qo'shiq kuylashi, musiqa ijro etishi yoki musiqiy asarlar yaratishi jinoyat sifatida belgilanmaganini qayd etgan.

Ma'lumot uchun, 2025 yilda ham Eronda yana bir xonanda ayollar kiyinishiga oid cheklovlarni tanqid qilgan qo'shig'i sabab 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar