Filadelfiya shahridagi “Linkoln Faynenshel Fild” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda hisobni 23-daqiqada Mateus Kunya ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, u 36-daqiqada dubl qayd etib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning uchinchi daqiqasida Vinisius Junior uchinchi golni kiritib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, Braziliya musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Guruhning 3-turida braziliyaliklar Shotlandiyaga qarshi maydonga tushsa, Gaiti Marokash bilan bahs olib boradi.






