AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalar bosqichma-bosqich Surxondaryoga ko‘chiriladi

Toshkent viloyatidagi issiqxonalarga tabiiy gaz etkazib berish to‘liq to‘xtatiladi.

'Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalar bosqichma-bosqich Surxondaryoga ko‘chiriladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 9 aprel kuni qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxona xo‘jaliklari iqlim sharoiti qulay bo‘lgan Surxondaryo viloyatiga ko‘chiriladi hamda ular moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Toshkent viloyatidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatiladi, ko‘mir va mazut yoqiladigan yangi issiqxonalar qurilishiga ruxsat berilmaydi. Soliq stavkalari esa yuqori koeffitsientlarda hisoblanadi.

Bo‘shagan yer maydonlarida intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, ko‘chatchilik yoki "yashil bog‘lar" barpo etishga ruxsat beriladi. Davlat mulkidagi issiqxonalarda esa kapital qurilish ishlari taqiqlanadi.

2026 yil 1 iyundan boshlab Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida ko‘mir, mazut va boshqa zararli yoqilg‘ilardan foydalanadigan yangi issiqxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. 2026 yil 1 avgustdan esa bu hududlarda issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatiladi.

Shuningdek, suv resurslari uchun to‘lovlar sanoat korxonalari uchun belgilangan tarifning 5 baravari miqdorida hisoblanadi. Yer solig‘i va mol-mulk solig‘i esa amaldagi bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravargacha oshirilgan tarzda qo‘llanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” teatr festivali start oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:34

    Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” teatr festivali start oldi

    Ushbu nufuzli san'at bayrami Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi "Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PQ-46-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilmogda.

    'Buxorodagi sammit yakunlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 11.04.2026 19:20

    Buxorodagi sammit yakunlandi.

    Hўш, нималар маълум?

    'San'atkorlar xizmatidan soliq olish tizimi o'zgarishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 11.04.2026 19:17

    San'atkorlar xizmatidan soliq olish tizimi o'zgarishi mumkin

    Adliya vazirligi ishlab chiqqan kontsert-tomosha faoliyatini soliqqa tortishni soddalashtirishga oid Prezident qarori loyihasining jamoatchilik muhokamasi yakunlandi.

    '27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etgani aytilmoqda.'ning rasmi

    Jamiyat 11.04.2026 13:57

    27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etgani aytilmoqda.

    O‘zbek futbolida bir qator klublarda to‘p surgan Xushnudbek Avilovning vafoti sabablari hozircha ochiqlanmagan.

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.04.2026 12:54

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi

    Темурийлар даврида хаттотлик санъати юксак тараққиёт чўққисига кўтарилиб, маданий юксалиш рамзига айланган.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda muzokara o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat 11.04.2026 11:13

    Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda muzokara o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buxoro shahrida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.