Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025 yilning 3 mart kuni soat 09:00 da boshlanishi ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, prezident farmoni bilan joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan bo‘lib, subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.
Shuningdek, ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlarining (bunda, yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromad miqdori:
—Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 so‘m) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming so‘m);
—Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 so‘m) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.