Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga nisbatan sodir bo‘lgan holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 28 fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi bolalar bog‘chasida tarbiyachi A.P (1994 yilda tug‘ilgan, ayol) tomonidan tarbiyalanuvchilar Z.R (2018 yilda tug‘ilgan, qiz bola) va S.M (2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)larning quloq qismidan tortib, yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urganligi videoyozuvda qayd qilingan.
Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi faktini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom etadi, bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi bog‘chada tarbiyachi gimnastika tayoqchasi bilan tarbiyalanuvchilarni urgani haqida xabar bergan edik.