Har yil so`ngida an`anaviy ravishda Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o`rnatib kelingan O`zbekistonning asosiy Yangi yil archasi 2016 yilda boshqa joyga qo`yiladi.
Toshkent shahar hokimligidagi manbaning “Daryo”ga ma`lum qilishicha, bu yil mamlakatning bosh archasi «Anhor-Lokomotiv» ko`ngilochar bog`i oldidagi maydonga o`rnatiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” parki oldida Yangi yil archasini o`rnatish uchun joyni hozirlash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlarining suratlari paydo bo`ldi.













