Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "Temiryo‘lekspress" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shimcha yo‘nalishdagi "Afrosiyob" elektropoyezdi joriy yilning 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31 mart va 1 aprel kunlari qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi, Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15,
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi, Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.