AsosiyDunyo

Klod Malyur Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi

Ilon Maskni “ketaminli masxaraboz” deb atadi.

'Klod Malyur Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi'ning rasmi

Fransiyalik menator Klod Malyur Donald Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi. Shuningdek, Ilon Maskni “ketaminli masxaraboz” deb atadi.

"Vashington Neron saroyiga aylandi: jahldor imperator, itoatkor saroy a’yonlari va davlat xizmatini tozalash uchun mas’ul ketaminli masxaraboz bilan to‘ldi. Oval kabinetda urushda muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam urush qahramoniga aql o‘rgatib o‘tiribdi", dedi Malyur.

Fransuz siyosatchisi Klod Malyur Fransiya Senatida hamkasblariga sakkiz daqiqalik murojaati internetga tarqalib ketganidan so‘ng kutilmaganda butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar orttirdi. 

Uning nutqida prezident Donald Trampning Amerikada ham, chet elda ham demokratiyani yo‘q qilishga qaratilgan xavotirli sa’y-harakatlariga aniq baho berilgan, bu borada Trampga "ketamin yoqilg‘isi" deb atalgan Ilon Mask yordam berayotgani qayd etilgan. 

"Tarixda Qo‘shma Shtatlar prezidenti hech qachon dushmanga taslim bo‘lmagan", dedi Malyur, Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bo‘ysunishi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni doimiy ravishda kamsitishi haqida gapirib. "Hech kim hech qachon o‘z ittifoqchigsia qarshi tajovuzkorni qo‘llab-quvvatlamagan."

"Biz avval oddiy diktator bilan urushgan edik, endi esa xoin qo‘llab-quvvatlayotgan diktatorga qarshi kurashamiz", degan senator.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar