1

Oltin baliqdan salomatlik tilaymiz!

Salomatlik 13.12.2016, 09:55
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Oltin baliqdan salomatlik tilaymiz!

Xonadoningizdagi okeanning bir parchasi nafaqat interer uchun bezak, balki salomatlikka ham koni foyda ekanligini bilasizmi? Gap nima haqida borayotganini baliqsevarlar darhol tushunishdi. Zero, bu jonivor inson ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, uning xotirjamligiga xizmat qilishiyu qator xastaliklarini davolashga hissa qo`shishini dunyo olimlari bot-bot ta`kidlashmoqda.

 

Serfazilat jonivor

Xonadonida baliq parvarishlovchilar boshqalarga nisbatan to`rt-besh yil uzoq umr kechirishar va uch barobar kamroq shifokorga murojaat qilishar ekan. Aytishlaricha, Qadimgi Xitoy imperatorlari davlat tadbirlariga kirishishdan avval yarim soat baliqlarni kuzatishni odat qilishgan ekan.

Zoopsixologlarning ma`lumotlariga ko`ra, besh daqiqa rang-barang baliqlarni kuzatish inson organizmiga foydalilik jihatidan yigirma daqiqalik uqalash yoki yarim soat suvda suzish mashqlaridek ijobiy ta`sir etadi. Shuningdek, beozor baliqlar bir qancha dardlarga davo ekanligini ham shifokorlar ko`p marotaba e`tirof etishayapti.

“Nahot, meni davolasang?!”

* Neyrodermit (qattiq qichishish va keyinchalik terida o`zgarishlar ro`y berishi bilan o`tadigan teri kasalligi) bilan og`rigan bemorlar sun`iy havzada yashovchi jonivorlarni uzoq vaqt davomida tomosha qilishsa, xastaliklari asta- sekin ariy boshlaydi.  

* Akvariumdagi  bug`langan suv xona haroratining namligini oshirib, nafas olishni engillashtiradi. Shu bilan birga yuqori nafas yo`llari xastaliklarining oldini olishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, bronxial astmaga chalingan bemorlar uchun juda foydalidir.

* Sun`iy havzada harakatlanayotgan baliqlar yurak qon-tomir kasalliklari muolajasida ham samara beradi. Xususan, shifokorlar stenokardiya bilan og`rigan bemorlarga baliq boqishni tavsiya etadilar. Gipertoniya va nevrosteniya xastaliklariga chalinganlar sokin, bir maromda harakatlanuvchi baliqlarni, anemiya, gipertoniya va depressiyaga duchor bo`lganlar esa jadal harakatlanuvchi rang-barang baliqlarni tomosha qilishlari tavsiya etiladi.

* Shuningdek, bu mitti jonivorlar asabiylikni engishga yordam berishi mumkin. hatto qisqa fursat davomida ularni tomosha qilish asabni tinchlantirib, qon bosimini me`yoriga keltiradi.

Uyqusizlikdan aziyat chekuvchilar  30-40 daqiqa davomida akvariumni tomosha qilsalar, orom ola boshlaydilar.

* Bolalardagi gepatit, ya`ni “sariq kasal”da baliqlarni tomosha qilish, xastalik  engillashishiga sabab bo`ladi. Afsuski, muolaja uchun tanlangan baliqlar uzoq yashamaydi. Chunki ular insondagi salbiy quvvatni o`ziga olib, tez orada nobud bo`ladi.

* Maktab yoshidagi bolalarda diqqatni jamlay olmaslik, injiqlik va charchoq holatlari kuzatilganida ham mitti do`stlarimiz yordamga keladi.  

* Dunyoning ba`zi shaharlaridagi dorixonalarda maxsus akvarium syujetlari tasviriga ega videotasmalar sotiladi. Ulardan shifoxonalarda, ayniqsa, tish shifokori qabulida foydalanish samarali natijalar bermoqda.

* Ba`zilar baliq allergik xastaliklarni qo`zg`atishidan xavotirga tushishadi. Biroq baliqning o`zi emas, balki uning quruq ozuqasigina allergiya qo`zg`atuvchidir.

Saodat tayyorladi. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1