AsosiySalomatlik

Smartfon va planshetlar jinsiy hayot kushandasi

Odamlar hayotida smartfon va planshetlar paydo bo`lganidan beri ularning jinsiy hayotlari yomonlashgan. Niderland tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan, deb xabar qildi NL Times.

Moris de Xond ismlik olim Niderlandiya aholisidan uch ming odam orasida so`rovnoma o`tkazgan. Ular tadqiqotidan ko`zlangan maqsad gadjetlarning jinsiy hayotga ta`sirini aniqlash bo`lgan. 25 dan 34 yoshgacha bo`lgan tadqiqot ishtirokchilarining yarmi yotoqxonadagi hayotga yangi texnologiyalar ta`sir qilayotganini tan olishdi.

60 foizga yaqin niderlandiyaliklar vaqti-vaqti bilan smartfon bilan birga ko`rpalarida yotishini, ularning yarmi esa, har kuni ko`rpaga smartfonlari bilan birga yotar ekan.
Seksopatolog Byanka van Murstning aytishicha, bunga o`xshash holat avval ham kuzatilgan, ya`ni smartfon va planshetlar chiqmasidan oldin ularga televizor halaqit qilgan. Mutaxassis hayotlarini nazorat qilishni o`rganish va kechalarni texnikasiz o`tkazish kerak deb maslahat berdi.

Boshqa yangiliklar