AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Ukraina Prezidenti Petr Poroshenko bilan telefon orqali muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko o`rtasida Ukraina tomonining tashabbusi bilan 2016 yil 13 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Ukraina Prezidenti Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g`alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. 

Prezidentlar turli sohalarda O`zbekiston bilan Ukraina munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Davlat rahbarlari O`zbekiston va Ukraina o`rtasidagi o`zaro manfaatli munosabatlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni kengaytirish yo`lida birgalikda harakat qilishga, bunda ikki davlatning mavjud imkoniyatlarini to`la ishga solishga kelishib oldilar. 

Pyotr Poroshenko Shavkat Mirziyoevni o`ziga qulay vaqtda Ukrainaga tashrif bilan kelishni taklif etdi.

Boshqa yangiliklar