AsosiySalomatlik

Qishda foydali 5 mahsulot!

  • Xurmo – rangining o`ziga hosligi tarkibidagi beta-karotin mavjudligini bildiradi. Mazkur modda A vitamini hisobiga kelib chiqadi. Bilasiz, ushbu vitamin ko`rish qobiliyatini yaxshilab, nafas olish tizimiga ijobiy ta`sir etadi. Foydasi uchun bir kunda 1-2 tadan xurmo iste`mol qiling.
  • Olma – qish tongida ikki bo`lak olma qo`shilgan qora choy tanangizni yayratibgina qolmay, immunitentizni ham chiniqtiradi. Shu bilan birga me`da faoliyatiga ham foydasi bisyor. Qolaversa, tushlik va kechki taomdan so`ng 1-2 ta olma iste`mol qilish ovqat hazm bo`lishiga yordam berib, organizmingizni vitaminlar bilan siylaydi.

  • Anor – bir kunda bir stakan anor sharbati ichish qonni tozalab, infeksion kasalliklarga chidamlilikni oshiradi. Ushbu meva tarkibidagi foydali moddalar bronxlarda balg`am to`planishini bartaraf etib, gemoglobin miqdorini oshiradi.

  • Greypfrut – bu sitrus meva ayni dekabr oyida etilib,  yozning birinchi oylarigacha foydali xususiyatini yo`qotmaydi. Shu bois ham immunologlar ayni qish mavsumida greypfrut iste`mol qilishni tavsiya etishadi. Ushbu meva tarkibidagi birikmalar peshob ajralishini faollashtirib, organizmdagi virus va infeksiyalarni yuvib tashlaydi. 

Boshqa yangiliklar