AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib bordi

Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

'Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib bordi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi

– Kuni kecha xalqimiz bilan Navro‘z ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulug‘ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon bo‘lsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda qurayapmiz. U ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘lsin, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Imom Buxoriy maqbarasi butun islom olamida e’zozli maskan. Ko‘p ming sonli ziyoratchilarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda.

Majmuaning umumiy maydonli 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilgan. 

Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunda milliy an’analar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.

Bundan tashqari, hududda ikki ming o‘rinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, to‘rtta tahoratxona barpo etiladi.

Bu yil yurtimizda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi. Shu haqdagi Prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand shahridagi majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish belgilangan.

Tashrif chog‘ida Prezidentimizga ushbu loyiha taqdimot qilindi.

Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga mo‘ljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilishi ko‘zda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar bo‘ladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona quriladi. 

Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar ko‘paygan paytda yashagan, butun hayotini islomiy aqiydani himoya qilish va ma’rifatini yoyishga bag‘ishlagan. U zotning moturidiylik ta’limoti, “Ta’vilotul Qur’on”, “Kitob at-Tavhid” kabi asarlari bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning ma’naviy asoslariga aylangan.

Davlatimiz rahbari bu tamoyillar bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib borayotganini ta’kidlab, alloma bobomizning merosini yanada keng o‘rganish va jahonga targ‘ib etish, majmuaga keluvchilarga sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Yana bir xayrli loyiha – Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga qaratilgan. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan so‘fiy olim naqshbandiya ta’limotining rahnamolaridani biri bo‘lgan. Ilm va din yo‘lidagi uzoq safardan so‘ng, Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan.

Bu maskanga keluvchi ziyoratchilar ham ko‘p. Ularga sharoitlarni yaxshilash maqsadida Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uch qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda.

Samarqand zaminidan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqichma-bosqich ta’mirlanib, obod qilinadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Chustdagi 40 million dollarlik gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:47

    Prezident Chustdagi 40 million dollarlik gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishdi

    Ushbu loyiha doirasida Xitoy, Germaniya, Daniya kabir davlatlardan innovatsion texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

    'Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:18

    Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı

    Ularning 32 nafari jarimaga, 2 nafari esa maʼmuriy qamoqqa olingan.

    '"Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:38

    "Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

    IIBB mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

    'Россияда Ўзбекистон фуқаролари калтаклангани юзасидан жиноят иши қўзгатилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    'Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?

    Toshkent shahar FVB tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan izoh berdi.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:26

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda

    Hodisa oqibatda bir necha kishi jarohat olgan.