1

Umid Iskandarov rafiqasi bilan ajrashganini Shahzoda Matchonova bildirib qo`ydi

Shou-biznes 14.12.2016, 12:15
Teglar: Shou-biznes, Aktrisa, Aktyor, Oila
Umid Iskandarov rafiqasi bilan ajrashganini Shahzoda Matchonova bildirib qo`ydi

Aktyor Umid Iskandarov rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq aktyor bunday gap-so`zlarni inkor etib kelayotgan edi.

Bugun Umid Iskandarovning rafiqasi Renata Iskandarova tug`ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyor rafiqasini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabrikladi. Umid Iskandarov she`riy tabrigida rafiqasiga hammaning xush ko`rgan insoni, kimdir uchun esa eng sevimli bo`lishni, g`am chekmaslik va baxtli kunlarni unutmaslikni tilagan.

Renata Iskandarova mazkur tabrikka javoban “Rahmat, Umid, ta`sirli she`r uchun!”,—deb yozib qoldirgan. 

Renataning yaqin dugonasi, aktrisa Shahzoda Matchonovaning tabrigi e`tiborimizni tortdi. Mazkur tabrikda Shahzoda Renataga hayotida uni butun qalbi bilan sevadigan inson bo`lishini tilagan. 

“Mening qadrli insonim! Bizning qo`g`irchog`imiz, tug`ilgan kuning bilan! Hayoting o`zing kabi chiroyli bo`lsin! Har doim hayotdan mamnun, yorqin va samimiy tabassum qiluvchi inson bo`l! Hayotingda butun qalbi bilan seni sevadigan inson bo`lsin!”,—deb yozdi Shahzoda Matchonova.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” tahririyati nomidan Renata Iskandarovani tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1