AsosiyJamiyat

Namangandagi zapravkada “Damas” butunlay yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmagan.

'Namangandagi zapravkada “Damas” butunlay yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 25 mart kuni Davlatobod tumani Nurobod MFY Ququmboy shox ko‘chasida joylashgan AGTKSHda  “DAMAS” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati FVB xabar qildi. 

Xabarga asosan Yong‘in qutqaruv ekipaji soat 18-03da yetib borgan va yong‘in qutqarivchilar tomonidan soat 18:04 o‘rab olinib,  soat 18:06da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida “DAMAS” avtomobili to‘liq yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida kuyib tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmadi. 

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

   

    Boshqa yangiliklar