AsosiySiyosat

Prezident Yevropa komissiyasi vitse-prezidentini qabul qildi

Davlat rahbari Yevroittifoq bilan iqtisodiy muloqotni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

'Prezident Yevropa komissiyasi vitse-prezidentini qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish va bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti tadbirlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bugun Ashxobod shahrida o‘tgan vazirlar darajasidagi ko‘p tomonlama uchrashuvning samarali yakunlari yuksak baholandi.

Savdo va logistika, shu jumladan Transkaspiy transport yo‘lagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, raqamlashtirish, "yashil" energetika, ekologiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ilgari surish, tashabbus va loyihalarni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekistonning EI institutlari bilan munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni qabul qilish hamda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident ertaga Tojikistonga boradi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 20:39

    Prezident ertaga Tojikistonga boradi

    Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishadi.

    'O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 19:03

    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi

    Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

    'Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 17:25

    Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashdi

    O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini samimiy qutladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi zilzilalar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 09:18

    Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi zilzilalar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    Avvalroq, Tailand va Myanmada kuchli zilzila bo‘lgani va unda qurbonlar borligi haqida xabar bergandik.

    'Ikki davlat yetakchilari sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga borishdi'ning rasmi

    Siyosat 29.03.2025 20:19

    Ikki davlat yetakchilari sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga borishdi

    Davlat rahbarlariga innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.

    'O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat 29.03.2025 16:42

    O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    Uchrashuv har doimgidek do‘stona va ishchan ruhda o‘tdi.