Samarqand shahrining Sartepo massivida joylashgan ko‘p qavatli uyda 28 mart kuni soat 10:02 larda uy ichida qulflanib qolgan qizaloq qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uyning 3-qavatidagi xonadonlaridan birida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat FVBga ehtiyotsizlik oqibatida kirish eshigi qulflanib qolganligi va xonadonda 3 yoshli qizi qolib ketganligini bildirib murojaat qilgan.
Aytilgan manzilga FVB qutqaruvchilari yetib borib, ko‘p qavatli uyning 4-qavatidagi xonadon derazasidan 3-qavatga tushgan.
Shundan so‘ng uy eshigini ichkaridan ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirdi