AsosiyDunyo

Barak Obamaning xitoylik qiyofadoshi Tramp prezident bo`lgach, ishsiz qolishdan xavotir olmoqda

Tashqi ko`rinishi AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamaga o`xshashligi bilan tanilgan 30 yoshli xitoylik aktyor Syao Szigo mamlakatning yangi prezidenti Donald Tramp Oq Uyga ko`chib o`tganidan so`ng ishsiz qolishdan xavotir olyapti, deb yozadi “Vesti”.

Syao Szigo ilk marta 2012 yilda Barak Obama obrazida TVda chiqish qilgan. U Barak Obamaga ko`proq o`xshash uchun bir qator plastik operasiyalarni boshdan o`tkazgan.

Syao aktyorlik faoliyatini davom ettiraveradi, biroq uning taxminicha, Obama prezidentlik lavozimini tark etganidan so`ng ish topish biroz qiyinlashadi.

Szigoning aytishicha, nima bo`lishidan qat`iy nazar u erishgan mashhurligi uchun Barak Obamadan minnatdor. 

Ma`lumot uchun, Donald Trampning ham qiyofadoshi bor. AQSh televideniesida namoyish etilgan shoulardan birida Donald Tramp obrazini aktyor Alek Bolduin yaratgan.

Boshqa yangiliklar