AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi zilzilalar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

Avvalroq, Tailand va Myanmada kuchli zilzila bo‘lgani va unda qurbonlar borligi haqida xabar bergandik.

'Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi zilzilalar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi'ning rasmi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myanmada ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi (Tailand) Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, maktub Myanma davlat boshqaruvi kengashi raisi general Min Aung Hlaingga jo‘natilgan.

"Davlatimiz rahbari ushbu og‘ir va musibatli damlarda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va barcha yaqinlariga, Myanma xalqiga chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor etdi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar